Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibidir.
Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar UzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yilda Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi va hozirgacha shu lavozimni egallab kelmoqda.
Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va iqtisodiyoti boshqa MDH davlatlariga nisbatan barqaror rivojlandi.